O`zbekiston Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasida O`zbekiston va Turkiya aviasiya rasmiylari o`rtasida ikki tomonlama maslahatlashuvlar bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi.
Maslahatlashuvlar yakuniga ko`ra, ikki mamlakatning tanlangan aviakompaniyalariga Samarqand va Istanbul shaharlari orasida muntazam qatnovlarni amalga oshirish huquqi beriladigan bo`ldi.
Unga ko`ra, 2017/2018 yilgi qishki parvozlar jadvalida yangi yo`nalish bo`ylab haftasiga bir marta, yozgi jadvaldan boshlab esa haftasiga ikki martadan aviaqatnovlar amalga oshiriladi.






