AsosiyJamiyat

​NAMANGAN VILOYaTI HOKIMI XAYRULLO BOZOROV: BIZ O`QITUVChINI O`Z IShINI BAJARIShIGA QO`YMADIK...

'​NAMANGAN VILOYaTI HOKIMI XAYRULLO BOZOROV: BIZ O`QITUVChINI O`Z IShINI BAJARIShIGA QO`YMADIK...'ning rasmi

11 avgust kuni Xalqaro press klub tomonidan Namangan viloyati rahbarlari bilan jonli efirda suhbat olib borildi. Ochiq muloqotda viloyatning barcha mutasaddi rahbarlari ishtirok etdi.

Ushbu jonli muloqotda hal etilishi lozim bo`lgan qator muammoli savollar kelib tushdi.

Jumladan, fuqaro Sohibjon Bobojonov tomonidan berilgan savol, ko`pdan beri ijtimoiy tarmoqlarda minglab yurtdoshlarimiz tomonidan qizg`in muhokama etilayotgan muammo, ya`ni o`qituvchilarning obodonlashtirish ishlariga xaligacha jalb etilib kelinayotgani, o`qituvchilarga bo`sh ish o`rinlari yo`qligi uchun bu narsaga e`tiroz bildira olmay kelayotgani to`g`risidagi savol Xalqaro press klub raisi Sherzodxon Qudratxo`jaev tomonidan o`qib eshittirildi.

Viloyat xokimi Xayrullo Bozorov: “Bu bor haqiqat, buni yashirib bo`lmaydi. Ularni nafaqat obodonlashtirish ishlarida, hatto qishloq ho`jaligi ishlarida ham ishlatib keldik. O`qituvchini o`zining ishini qildirmadik, fermerga bog`ladik. Vrachlarimizga o`z ishini qildirmadik, QVP da o`z ishlari qolib, qishloq xo`jaligi ishlari bilan band bo`lishdi. Natijada nima bo`ldi, natijada bugun onalar o`limi oshdi, go`daklar o`limi oshdi, lekin xech kim QVP ga yordam bergani yo`q. Qachonki endi biz ko`zimizni ochib ko`rsakki, qanaqadir og`ir ahvolda. Shuning uchun qat`iy cheklangan hozir, o`qituvchilarimizni, umuman byudjet xodimlarini jalb qilish. Qaysidir shanbalik, qaysidir tadbir bo`lsaki mayli shunda umumiy tartibda chaqiriladigan bo`lsa. Bizning eng zabardast sohalar ikki soha ham, eng ishongan sohalarimiz. Bularni unaqangi ishlarga, mana hokimlar ham turibdi, ularni bu ishlarga jalb etish ta`qiqlanadi, chiqarmaymiz ularni bunday ishlarga ”- deya javob berdi.

Manba:O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi sayti.

    Boshqa yangiliklar