AsosiySport

Andrey Miklyaev: Himoya chizig`imiz bugun juda bo`sh o`yin namoyish etdi

'Andrey Miklyaev: Himoya chizig`imiz bugun juda bo`sh o`yin namoyish etdi 'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqich 5-tur uchrashuvlari doirasida O`zbekiston chempioni – “Lokomotiv” Saudiya Arabistonining “Al-Tavun” jamoasiga qarshi bahs yuritdi. Gollarga boy kechgan o`yinda jangovar durang – 4:4 hisobi qayd etildi.

Uchrashuv yakunlangach o`tkazilgan matbuot anjumanida Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi, deb yozadi O`FF matbuot xizmati.

“Qayd etilgan natijadan umuman mamnun emasmiz. Yigitlar imkon qadar o`ynashga urinishdi. Biroq himoya biroz pand berdi va kutilmagan gollarni o`tkazib yubordik. Hisobda oldinda bora turib, gol o`tkazib yuborish juda alamli. Bugun qilingan shuncha mehnat “osmonga uchdi”. Bizga bugun faqat va faqat g`alaba zarur edi.

Shu sababli ham endi mazkur o`yin videolavhasini ko`rib chiqamiz va qo`pol xatolar evaziga o`tkazib yuborilgan gollarni muhokama qilamiz. Himoya chizig`imiz bugun juda bo`sh o`yin namoyish etdi. To`g`ri, futbol – jamoaviy o`yin. Bugun xato hammada bo`ldi, natijada butun jamoa muhim 3 ochkodan mahrum bo`ldi.

Shuningdek, o`yinning eng yaxshi futbolchisi – Marat Bikmaev ham o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

“To`rtta ta gol ursang, ammo g`alaba qozona olmasang juda-juda alam qilarkan. Boshida yomon o`ynamadik, nazarimda. Ammo raqib ham gollarimizga gol bilan javob berishni uddaladi. Oxirgi paytlarda birinchi bo`lib gol urgan o`yinlarimizda keyinchalik shiddat biroz pasaymoqda va natijada gol o`tkazib yuboryapmiz. Hayronman, bu nima bilan bog`liq ekan”, – dedi hujumchi.

Boshqa yangiliklar