AsosiyJamiyat

​Abdulaziz Komilov Falastin TIV rahbari o`rinbosari bilan uchrashdi

'​Abdulaziz Komilov Falastin TIV rahbari o`rinbosari bilan uchrashdi'ning rasmi

25 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun tashrif buyurgan Falastin Davlati Tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Mazen Shamiyani qabul qildi.

TIVda bo`lib o`tgan suhbat davomida O`zbekiston-Falastin munosabatlari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari ko`rib chiqildi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Muzokaralarda Falastin Elchisi Mohammad Tarshahani ishtirok etdi.

Falastin delegasiyasining tashrif dasturida O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, qator vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o`tkazish ham rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar