Nukus shahrida FIFAning bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish dasturi bo`yicha Grassroots xalqaro kurslari start oldi.
Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) va O`zbekiston futbol federasiyasi (O`FF) hamkorligidagi xalqaro kurslar kecha, 24 aprel kuni start oldi. Qayd etish kerakki, FIFAning mazkur kurslari Nukus shahrida birinchi marta o`tkazilmoqa.
Tadbirda 33 nafar murabbiy va 20 nafar jismoniy tarbiya o`qituvchisi ishtirok etmoqda. O`quv-kurslar FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev tomoshidan olib borilmoqda. Shavkat Imomov O`FF vakili sifatida kurslarda ishtirok etyapti. O`quv-mashg`ulotlar koordinatori – Jalimov Ongarbay.
29 aprel kuniga qadar davom etadigan o`quv jarayoni yakunida bolalar futboli va ommaviy futbol bo`yicha festival o`tkazilishi rejalashtirilgan. Kurs yakunida barcha ishtirokchilarga setrifikatlar topshiriladi.






