AsosiySUG'DIYONA

​Sepkilni uy sharoitida qanday bartaraf etish mumkin?

'​Sepkilni uy sharoitida qanday bartaraf etish mumkin?'ning rasmi
  • Bahorda va erta yozda petrushka barglari va poyasidan niqob tayyorlasangiz, kuzda bu niqobni uning ildizidan tayyorlang. Buning uchun petrushka go`shtqiymalagichdan o`tkazilib (2 osh qoshiq bo`lsin), tozalangan yuzga 20-30 daqiqaga surtib qo`yiladi (ko`z atrofidan tashqari). So`ng sovuq suvda yuvib, hali nam teriga oziqlantiruvchi krem surtiladi.
  • Toza bodringni aylana shaklda to`g`rab, 20 daqiqaga yuzga terib quying. So`ng olib tashlang. Yoki kun davomida yuzingizni bodring sharbati bilan artib yuring. Uni yuvib tashlash shart emas.
  • Bir hovuch momoqaymoq gullari ustidan qaynagan suv quying. Sovigach, tindirib biror shisha idishchaga solib qo`ying. Bu loson bilan sepkillar zich joylashgan doylarni artib, 30 daqiqadan so`ng yuvasiz.
  • Shuningdek, bahor quyoshidan yuzingizni himoyalang. Maxsus kremlardan foydalaning.
  • Boshqa yangiliklar