Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 5-turidan o`rin olgan Toshkentning “Lokomotiv” va Saudiya Arabistonining “Al-Tavun” klublari o`rtasidagi uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. Anjumanning birinchi qismida saudiyaliklar bosh murabbiyi Joze Manuel Gomesh ishtirok etdi.
“Ertangi o`yin guruhdan chiqishimiz uchun so`nggi imkoniyat bo`ladi. Guruhdagi vaziyat juda qiyin. Agar o`z imkoniyatlarimizni ishga solsak, oldimizga qo`yilgan vazifani uddalay olamiz. “Lokomotiv” ishtirokidagi so`nggi 3 o`yinni kuzatdik. Alohida bir futbolchini ajratmagan bo`lardim, raqib barcha chiziqlarni agressiv o`yin namoyish qiladi.
Bo`lajak o`yinni birinchi turda bo`lib o`tgan uchrashuvga qiyoslash qiyin. “Al-Tavun”da yaqinda ish boshladim. Bitta narsani ayta olaman: katta o`zgarishlar bo`lmaydi, biz o`yin uslubimizni biroz o`zgartiramiz”, – dedi Joze Manuel Gomesh.
Eslatib o`tamiz, “Lokomotiv” – “Al-Tavun” uchrashuvi ertaga, 25 aprel kuni TTZ mavzesidagi “Lokomotiv” stadionida, soat 17:00 da start oladi.






