AsosiySport

Angliya Kubogi. “Arsenal” fialda “Chelsi” bilan to`qnash keladigan bo`ldi (Video)

'Angliya Kubogi. “Arsenal” fialda “Chelsi” bilan to`qnash keladigan bo`ldi (Video)'ning rasmi

Angliya Kubogi yarim finalida Londonning “Arsenal” jamoasi “Manchester Siti” futbolchilariga qarshi kuch sinashdi.

Qiziqarli kechgan bellashuvda 2:1 hisobi qayd etilib, londonliklarning g`alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning asosiy vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Agueroning goliga “Arsenal”dan Nacho Monreal javob qaytardi.

Asosiy vaqtda g`olib nomi aniqlanmagach, qo`shimcha taymlar o`ynayldi. 101-daqiqada chililik hujumchi Aleksis Sanches “Arsenal”ni finalga olib chiqqan gol muallifiga aylandi.

Demak, 27 may kuni jamoa “Chelsi”ga qarshi bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

Arsenal – Manchester Siti 2:1

Gollar: 0:1 – 62 Aguero, 1:1 – 71 Monreal, 2:1 – 101 Sanches.

Arsenal – Chex, Koselni, Xolding, Monreal, Gabriel, Djaka, Oksleyd-Chemberlen (Belerin, 105), Ozil (Koklen, 119), Remzi, Sanches, Jiru (Uelbek, 83).

Manchester Siti – Bravo, Otamendi, Kompani, Klishi, Navas, Ture, Fernandino (Fernando, 99), Silva (Sterling, 23; Ixeanacho, 105), de Bryuyne, Sane, Aguero (Delf, 99).

Ogohlantirishlar: Sanches (25), Fernandino (69), de Bryuyne (89), Sane (102), Delf (105), Djaka (105), Otamendi (115).

Boshqa yangiliklar