AsosiySport

“Fiorentina” – “Inter” 5:4 yoxud gollar shousiga marhamat (Video)

'“Fiorentina” – “Inter” 5:4 yoxud gollar shousiga marhamat (Video)'ning rasmi

Italiya chempionati 33-turida “Fiorentina” jamoasi o`z uyida “Inter” futbolchilarini qabul qildi.

Gollarga boy kechgan o`yinda muxlislar 9 ta gol ko`rdi, milanliklar 4:5 hisobida engildi. Dastlab birinchi bo`limda teng kurash kechdi. Ammo ikkinchi bo`limda "Fiorentina" 5:2 hisobida oldinga chiqib oldi.

Garchi "Inter" safida Mauro Ikardi xet-trik qayd etgan bo`lsada, uning gollari jamoasiga yordam bera olmadi va milanliklar mag`lubiyatga uchrashdi.

Qayd etish kerakki, “Fiorentina” bitta penaltidan unumli foydalana olmagandi.

Fiorentina – Inter 5:4 (1:2, 4:2)

Gollar: 1:0 – 23 Vesino, 1:1 – 28 Perishich, 1:2 – 34 Ikardi, 2:2 – 62 Astori, 3:2 – 64 Vesino, 4:2 – 70 El-Babakar, 5:2 – 79 El-Babakar, 5:3 – 88 Ikardi, 5:4 – 90 Ikardi.

Fiorentina – Teterushanu, Tomovich (Salsedo, 54), Sanches, Astori, Telo (Kristoforo, 82), Badel, Vesino, Milich, Bernardeski (Ilichich, 58), Valero, El-Babakar.

Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, Medel, Miranda, Nagatomo (Eder, 73), Galyardini, Kondogbia (Brozovich, 76), Kandreva, Joau Mariu, Perishich, Ikardi.

Ogohlantirishlar: Astori (75), Sanches (78), Kristoforo (90), Xandanovich (90).

Boshqa yangiliklar