AsosiySport

O`zbekiston o`smirlar termasi Development Cup–2017 turniri g`olibiga aylandi

'O`zbekiston o`smirlar termasi Development Cup–2017 turniri g`olibiga aylandi 'ning rasmi

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Armaniston poytaxti Erevan shahrida bo`lib o`tgan Development Cup–2017 xalqaro turniri g`olibiga aylandi.

O`zbekiston o`smirlar termasi bugun, 22 aprel kuni Kiph U-15 futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Gollarga boy o`yinda o`zbekistonlik futbolchilar 3:2 hisobida zafar quchdi.

O`zbekiston o`smirlar termasi safida gollarga Jasurbek Jaloliddinov, Igor Chirkizov va Temur Mamasiddiqov mualliflik qildi. Parallel ravishda bo`lib o`tgan o`yinda Makedoniya o`smirlari musobaqa mezboni – Armanistonni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.

Eslatib o`tamiz, Dilshod Nuraliev shogirdlari dastlabki o`yinda Makedoniyani 2:1 hisobida, keyin esa Armanistonni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. O`zbekiston U-15 termasi 100 foizlik natija bilan turnir g`olibiga aylandi.

Kipr U-15 termasi 7 ochko bilan ikkinchi, Makedoniya U-15 esa 1 ochko bilan uchinchi o`rinni egalladi. Mezbon Armaniston o`smirlar termasi esa barcha o`yinlarda mag`lubiyatga uchradi va ochko jamg`ara olmadi.

Mazkur musobaqa O`zbekiston o`smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi.

Development Cup–2017
Armaniston, Erevan
22 aprel, shanba

O`zbekiston U-15 — Kipr U-15 – 3:2

Gollar: Jasurbek Jaloliddinov (34’), Igor Chirkizov (44’), Temur Mamasiddiqov (79’) – Nikolaos Neokleos (2 ta)

Boshqa yangiliklar