Bugun O`zbekiston sport kompleksida futzal bo`yicha oliy liga finalining ikkinchi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Birinchi bahsda Olmaliqning “Olmaliq” klubi g`alaba qozongan edi.
Ikkinchi o`yin ham Toshkent viloyati vakillari ustunligida o`tdi va va uchrashuv 6:1 hisobida yakunlandi. "Olmaliq" safida gollarni Konstantin Sviridov (2ta), Dilshod Irsaliev, Sarvar Shoahmedov, Javlon Anorov va Farhod Abdumavlonovlar kiritishdi.
Shu tariqa, "Olmaliq" jamoasi ketma-ket uchinchi marotaba mamlakat chempioniga aylandi.
Oliy liga
Final, 21.04.2017
"O`zbekiston" sport majmuasi
"Ardus" - "Olmaliq" 1:6
Gollar: Davron Choriev 21 - Dilshod Irsaliev 5, Konstantin Sviridov 15, 23, Sarvar Shoahmedov 18, Javlon Anorov 28, Farhod Abdumavlonov.
Ogohlantirishlar: Dilmurod Shovkatov 32
Chetlatish: Mashrab Adilov 37
"Ardus" (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Alan Aminov, Ilhomjon Hamroev, Dilmurod Shavkatov, Temur Berdiev.
Zaxira: Davron Choriev, Axror Umarjonov, Mashrab Odilov, Anasxon Rahmatov, Akbar Usmonov, Sail Rizo Mirsharofov, Davron Abdurahmonov, Asli Muhammadiev, Xushnur Erkinov, Shohjahon Shonazarov.
"Olmaliq" (birinchi beshlik): Ravshan Eliboev, Konstantin Sviridov, Sirojiddin Mahmudov, Artur Yunusov, Jamoliddin Sharipov.
Zaxira: Klim Tyugaev, Dilshod Irsaliev, Rustam Tog`aev, Sarvar Shoahmedov, Javlon Anorov, Farhod Abdumavlonov, Andrey Shlema, Sunnat Anvarov.






