AsosiyJamiyat

​Toshkentda firibgarlik jinoyatlari keskin oshib ketdi

'​Toshkentda firibgarlik jinoyatlari keskin oshib ketdi 'ning rasmi

Joriy yilning 3 oyi 10 kuni davomida jinoyat-qidiruv yo`nalishi bo`yicha jinoyatlar 69 taga, jumladan qasddan odam o`ldirish, og`ir tan jarohati etkazish, nomusga tegish, tovlamachilik, transport vositasini olib qochish va odam savdosi jinoyatlari kamaydi, deb ma`lumot berildi 20 aprel kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan o`tkazilgan brifingda.

Shu bilan birga firibgarlik jinoyatlari 101 taga keskin oshib ketdi. Toshkent shahar IIBB boshlig`i o`rinbosari D.Toshxo`jaev buning sabablariga to`xtalib o`tdi:

"Mazkur holatga pul oldi-berdisi masalasida huquqiy maslahat olmaslik, mulkiy munosabatlarni belgilangan tartibda vakolatli idoralarda rasmiylashtirmaslik, engil daromad topish maqsadida pul mablag`larini foizga berish holatlari, fuqarolarimizning ishonuvchanligi sababdir".

Boshqa yangiliklar