AsosiyDunyo

​BMT kutilmaganda yadro urushi boshlanishidan ogohlantirdi

'​BMT kutilmaganda yadro urushi boshlanishidan ogohlantirdi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yadro urushi xavfi kuchayotgani haqida ogohlantirdi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.

Yadro urushi tasodifan, masalan avtomatik tizimning yoki harbiy kuzatuv tizimining xato ishlashi oqibatida ballistik raketalar otilib ketishi natijasida boshlanishi mumkin. Bunday vaziyatga noqulay ob-havo sharoiti, xakerlik hujumi ham sabab bo`ladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, bir mamlakatning kommunikasiya tarmog`i, hujum qilmagan bo`lsa-da, boshqa mamlakatning raketa zarbasidan ta`sirlanib, javob zarbasini beradi. Mazkur holat esa yadro urushiga sabab bo`ladi.

Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, avtomatlashtirilgan harbiy tizimning murakkabligi va soni oshgani tufayli bunday xavf-xatar kuchaymoqda. Xavfli hududga tarmoqqa ulangan barcha harbiy tizimlar, qo`mondonliklar orasidagi aloqa tizimi, yo`ldoshli va radiolokasion tizimlar va boshqalar kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar