Mazkur changyutkich tirqishlardan qo`rqib qichqiradi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Moskvalik Pavel Xaritonov o`zining Instagram sahifasiga tirqishlardan o`tayotganda qichqiriqqa o`xshagan ovoz chiqaruvchi chanyutkich aks etgan videorolikni joylashtirdi.
“Changyutkichimning tirqishlardan o`lguday qo`rqib, qichqirishini bugun bildim”, deb yozdi Xaritonov. Foydaluvchilar mazkur chanyutkichning ovozi qo`rqinchli filmlar uchun juda zo`r saundtrek bo`lishini aytishdi va Xaritonovning nima uchun chanyutkich bilan javonni tozalayotganidan hayron bo`lishdi.






