AsosiySport

U-16 Osiyo chempionati saralashida O`zbekiston o`smirlari Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn va Shri-Lanka bilan kuch sinashadi

'U-16 Osiyo chempionati saralashida O`zbekiston o`smirlari Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn va Shri-Lanka bilan kuch sinashadi 'ning rasmi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bugun, 21 aprel kuni 16 yoshgacha bo`lgan futbolchilar orasida 2018 yili bo`lib o`tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Qur`a marosimida OFKga a`zo 45 mamlakat federasiyasi (assosiasiyasi) ishtirok etdi. Unga ko`ra, O`zbekiston G`arb mintaqasining “A” guruhiga tushdi va final yo`llanmasiga ega chiqish uchun Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Bahrayn va Shri-Lanki termalariga qarshi bahs olib boradi.

Saralash bosqichi reglamentiga ko`ra, guruhda birinchi o`rinni olgan 10 jamoa hamda guruhda ikkinchi o`rinni egallagan eng yaxshi besh jamoa U-16 Osiyo chempionati mezboniga qo`shilgan holda final bosqichiga yo`llanma oladi.

U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi. O`zbekiston joy olgan “A” guruhi uchrashuvlariga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. Musobaqaning final bosqichi esa 2018 yilning 20 sentyabr – 7 oktyabr kunilari o`tkaziladi.

Boshqa yangiliklar