AsosiyDunyo

​Sud styuardessaning aviakompaniyaga nisbatan yozgan davo arizasini rad etdi

'​Sud styuardessaning aviakompaniyaga nisbatan yozgan davo arizasini rad etdi 'ning rasmi

Styuardessa Irina Ierusalimskaya o`zi ishlaydigan “Aeroflot” aviakompaniyasining ustidan da`vo arizasi bilan sudga murojaat qildi, deb xabar berdi Vesti.ru nashri.

U aviakompaniya tomonidan belgilangan bort kuzatuvchilari kiyadigan ish kiyimi o`lchamlariga to`g`ri kelmaganidan ichki reyslarning bort kuzatuvchisi vazifasiga o`tkazilgan. Natijada uning oyligi kamaygan.

Styuardessaning fikricha, ekipaj a`zolariga qo`yiladigan talablar (vazn, bo`y, kiyim o`lchami) inson haq-huquqlarini cheklab, taxqirlaydi.

Irina suddan etkazgan ma`naviy zararni qoplash uchun aviakompaniyadan 1 million rubl undirishni so`rab, da`vo arizasi kiritdi.

Ammo 18 aprel kuni Moskva shahar Tushinskiy sudi “Aeroflot” aviakompaniyasining talablarini qonuniy deb topib, uning da`vo arizasini rad etdi.

Boshqa yangiliklar