Parijning Elisey maydonidagi otishmada ikki nafar polisiyachi halok bo`ldi, bir nafar polisiyachi yaralandi, deb xabar berdi Ria.ru nashri.
O`q uzgan shaxs yo`q qilindi, Fransiya poytaxtida maxsus operasiya o`tkazilmoqda. Agentlik bergan ma`lumotga ko`ra, noma`lum shaxs o`tirgan avtomobil polisiya patrul avtomashinasi yonida to`xtab, ularga qarata Kalashnikov avtomatidan o`q uzgan. Hujumni ikki nafar jinoyatchi amalga oshirdi, ulardan biri yashirinishga ulgurdi. Mazkur voqea terakt, deb baholanmoqda. Parij polisiyasi o`zining Twitter sahifasida sababini ko`rsatmagan holda voqea yuz bergan tumandan qochishni maslahat berdi.






