AsosiySport

Development Cup–2017. O`zbekiston o`smirlar termasi Armanistonni mag`lubiyatga uchratdi

'Development Cup–2017. O`zbekiston o`smirlar termasi Armanistonni mag`lubiyatga uchratdi 'ning rasmi

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi Armaniston poytaxti Erevan shahrida davom etayotgan Development Cup xalqaro turnirida muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda.

O`zbekiston o`smirlar termasi kecha, 20 aprel kuni Armaniston U-15 futbolchilariga qarshi bahs olib bordi va 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona golga Ruslan Ro`ziev mualliflik qildi. Parallel ravishda bo`lib o`tgan o`yinda Makedoniya va Kipr o`smirlari 1:1 hisobida durang o`ynadi.

Eslatib o`tamiz, Makedoniya o`smirlariga qarshi bellashuvda Dilshod Nuraliev shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchdi.

Bo`lib o`tgan ikki turdan keyin O`zbekiston U-15 termasi 6 ochko bilan birinchi o`rinda bormoqda. Kipr 4 ochko bilan ikkinchi, Makedoniya 1 ochko bilan uchinchi o`rinda bormoqda. Mezbon Armaniston o`smirlar termasi hisobida ochko yo`q.

Estaga, 22 aprel kuni musobaqaning so`nggi o`yinlari bo`lib o`tadi. O`zbekistonlik futbolchilar Kipr bilan, armanistonlik futbolchilar esa Makedoniya bilan bahs olib boradi.

Mazkur musobaqa O`zbekiston o`smirlar termasi uchun 2018 yilgi U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o`taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar