AsosiySport

O`FF Bosh kotibi OFK Ijtimoiy masalalar qo`mitasi majlisida ishtirok etdi

'O`FF Bosh kotibi OFK Ijtimoiy masalalar qo`mitasi majlisida ishtirok etdi 'ning rasmi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) Ijtimoiy masalalar qo`mitasining to`rtinchi majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda O`zbekiston Futbol Federasiyasi birinchi vise-prezidenti va Bosh kotibi, OFK Ijtimoiy masalalar qo`mitasi raisi o`rinbosari Sardor Rahmatullaev ishtirok etdi.

Majlis 20 aprel, juma kuni bo`lib o`tdi. Unda qo`mita raisi Ahmad al-Harbiy OFKning vazifalari va faoliyatida belgilangan beshta asosiy strategiya – bolalar va o`smirlar, halollik va ta`lim, ijtimoiy birlashish, sog`liqni saqlash va gumanitar yordamga e`tibor qaratish yana bir bor ta`kidladi.

Yig`ilish davomida 19 yoshgacha bo`lgan imkoniyati cheklanganlar orasida futbol musobaqasi o`tkazish qaror qilindi va uning kunlari belgilab olindi. AFC Dream Asia Cerebral Palsy U-19 turniri shu yilning 29 sentyabr – 8 oktyabr kunlari bo`lib o`tadi.

Boshqa yangiliklar