AsosiyJamiyat

Toshkentda "Markaziy Osiyo: umumiy ma'naviy meros - umumiy kelajak" xalqaro kongressi boshlandi

O'zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro kongress o'z ishini boshladi. Tadbirda 300 nafardan ortiq olimlar, san'at va ta'lim sohasi vakillari ishtirok etmoqda.

'Toshkentda "Markaziy Osiyo: umumiy ma'naviy meros - umumiy kelajak" xalqaro kongressi boshlandi'ning rasmi

Forum "Markaziy Osiyo: umumiy ma'naviy-ma'rifiy meros – umumiy kelajak" mavzusida o‘tmogda. Prezident Shavkat Mirziyoyev kongress ishtirokchilariga yo‘llagan qutlov so‘zida tinchlik va barqarorlikni asrash, ilm va ma'rifat orqali hamjihatlikni mustahkamlash bugungi kunda eng muhim vazifalardan ekanini ta'kidladi.

"Ishonchim komilki, bugungi forum ilmiy va madaniy mulot uchun samarali maydon bo‘ladi", — dedi Prezident Mirziyoyev.

Kongressda xalqaro tashkilotlar, diplomatlar, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan kelgan olimlar, madaniyat va din arboblari ishtirok etmogda. Tadbir mintaqamiz xalqlarining ma'naviy va ilmiy merosini umumiy kelajak asosi sifatida tahli qilishga qaratilgan.

Kongress avvalida eng muhim voqealaridan biri — Hazrati Usmon (r.a.) davrida ko‘chirilgan muqaddas Usmon Mushafining Islom tsivilizatsiyasi markaziga ko‘chirilishi bo‘ldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati ham endi ushbu markazda davom ettiriladi.

Birinchi kunning muhokamalarida fan, madaniyat, yoshlar siyosati, kino va adabiyot sohalarida hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha qator tashabbuslar ilgari surild. Fanlar akademiyalari prezidentlari qadimiy qo‘lyozmalarni o‘rganish va arxeologiya sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Kongress doirasida "Markaziy Osiyo tarixiy merosi: yagona o‘tmish – umumiy kelajak" forumi, "Buyuk o‘tmish va buyuk kelajak" ko‘rgazmasi, "Tirik tarix" xalqaro kino forumi va boshqa tadbirlar ham o‘tkazilmogda.

Islom tsivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tayotgan usbu anjuman Markaziy Osiyo xalqlarining umumiy ilmiy va madaniy merosini yana bir bor namoyon etdi. Forum 15 noyabrgacha davom etadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Davlat rahbarining “Markaziy Osiyo yangi davr ostonaida”nomli maqolasi e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:46

    Davlat rahbarining “Markaziy Osiyo yangi davr ostonaida”nomli maqolasi e’lon qilindi

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta'kidlashicha, Markaziy Osiyo davlatlari o'zaro ishonch va do'stlik asosida hamjihatlikning yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda.

    'Inflyatsiya 2027 yilgacha 5 foizgacha tushiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:16

    Inflyatsiya 2027 yilgacha 5 foizgacha tushiriladi

    O'zbekiston hukumat keyingi ikki yilda narxlar o'sishini bosqichma-bosqich kamaytirishni maqsad qilgan.

    'Shavkat Mirziyoyev YUNESKOning yangi bosh direktoriini qabul qildi'ning rasmi

    Jamiyat 12.11.2025 20:05

    Shavkat Mirziyoyev YUNESKOning yangi bosh direktoriini qabul qildi

    Suhbat avvalida davlat rahbari Xolid al Ananiyni yuqori lavozimga saylangan bilan tabriklab, kelgusiy faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

    'O‘zbekistonliklarga qo‘shimcha ish uchun ikki baravarigacha haq to‘lanadi'ning rasmi

    Jamiyat 12.11.2025 19:31

    O‘zbekistonliklarga qo‘shimcha ish uchun ikki baravarigacha haq to‘lanadi

    Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi to‘g‘risidagi talab hujjatdan chiqarib tashlandi.

    'Narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 12.11.2025 19:29

    Narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi

    Ko'krak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.

    'Toshkent metro vagonlari koʻpaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 12.11.2025 19:18

    Toshkent metro vagonlari koʻpaytiriladi

    So'nggi 6 yil davomida qo'shimcha 33 km metro yo'nalishlari va 21 ta yangi bekat qurilgan.