AsosiyJamiyat

Toshkentda markasiz tamaki sotgan MCHJ mas’ullari ushlandi

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Toshkentda markasiz tamaki sotgan MCHJ mas’ullari ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida markasiz tamaki mahsulotlarini sotgan MCHJ mahsulotlari mas’ul xodimlari qo‘lga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyatning Yakkasaroy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.B.” MCHJ mas’ul shaxslari “Bobur” MFY hududidagi karaoke barda tegishli hujjatlari bo‘lmagan xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 108,9 mln so‘mlik jami 1 830 dona aksiz markasiz tamaki va elektron tamaki mahsulotlari, 1 069 dona elektron tamaki mahsulotini quvvatlantirish uskunalarini sotuvga qo‘yganliklari aniqlangan. So‘ng  ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “P.V.” MCHJning “Lutfiy” MFY hududidagi savdo do‘konidan umumiy bahosi 221,6 mln so‘mlik 756 dona aksiz markasiz elektron tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda shifokor bemoriga shahvoniy shilqimlik qildi'ning rasmi

    Jamiyat 22.07.2025 18:44

    Toshkentda shifokor bemoriga shahvoniy shilqimlik qildi

    Shifokorga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    'Qirg‘izistondagi 18 yoshli yigit “avarya” ortidan halok bo‘ldi.'ning rasmi

    Jamiyat 22.07.2025 14:00

    Qirg‘izistondagi 18 yoshli yigit “avarya” ortidan halok bo‘ldi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Kuchli modda aralashgan ozdiruvchi kofelar musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 22.07.2025 08:33

    Kuchli modda aralashgan ozdiruvchi kofelar musodara qilindi

    Buxoroda noqonuniy savdoga chiqarilgan 90 mingdan ortiq ozdiruvchi vositalar topildi.

    'O‘zbekistonda 22 kg.dan ortiq giyohvandlik moddasi musodara qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 22.07.2025 00:35

    O‘zbekistonda 22 kg.dan ortiq giyohvandlik moddasi musodara qilindi

    Hozirda barcha gumondorlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

    'Namanganda oila ichidagi zo‘ravonlik yuzasidan tekshiruv boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 22.07.2025 00:31

    Namanganda oila ichidagi zo‘ravonlik yuzasidan tekshiruv boshlandi

    Hozirda voyaga yetmagan bolalarning ruhiy va jismoniy holati o‘rganilmoqda.

    'Surxondaryoda sotuvchi pichoqlab o‘ldirildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.07.2025 19:20

    Surxondaryoda sotuvchi pichoqlab o‘ldirildi

    Marhumning ayoli bu qotillikni bozorda o‘zlari bilan deyarli bir joyda faoliyat yurituvchi oshxona egalari amalga oshirganini aytgan.