AsosiyJamiyat

Toshkentda 23 yoshli qiz o`zini sakkizinchi qavatdan tashlamoqchi bo`ldi

'Toshkentda 23 yoshli qiz o`zini sakkizinchi qavatdan tashlamoqchi bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Abu Saxiy” bozori avtoturargohining 8-qavatidan sakrashga urinayotgan qiz aks etgan video tarqaldi. Yaqin atrofdagi fuqarolar uni qutqarishga muvaffaq bo`lishdi. 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati darakchi.uz'ga ma`lum qilishicha, voqea 3 iyul kuni soat 17:45 atrofida yuz bergan. 2001 yilda tug`ilgan fuqaro M.O. oilaviy muammolar tufayli o`z joniga qasd qilishga uringan.

“Tuman ichki ishlar bo`limlarining xotin-qizlar bilan ishlash bo`yicha inspektorlari hamda psixologlar tomonidan ayol bilan suhbat o`tkazilib, hozir u mutaxassislar nazoratida”, — deyiladi boshqarma xabarida.

    Boshqa yangiliklar