AsosiyJamiyat

“Lukoil”ga nisbatan narx manipulyasiyasi bo`yicha ish qo`zg`atildi

'“Lukoil”ga nisbatan narx manipulyasiyasi bo`yicha ish qo`zg`atildi'ning rasmi

Raqobat qo`mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizasiya qilishda, shu jumladan birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qo`yish kabi manipulyasiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.

Natijada birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlari o`rtacha 10 foizdan 50 foizgacha oshishiga sabab bo`lgan.  

Shu munosabat bilan, Raqobat qo`mitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi “Raqobat to`g`risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bo`yicha ish qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar