AsosiyJamiyat

Toshkentda cho`l burguti tutqunlikda saqlangan

'Toshkentda cho`l burguti tutqunlikda saqlangan'ning rasmi

Toshkentda cho`l burgutini tutqunlikda saqlayotgan fuqaro jarimaga tortildi. Bu haqda Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Boshqarmaning Yakkasaroy bo`limiga kelib tushgan murojaatga asosan, inspektorlar "Yo`lovchi poezdlarini ta`mirlash"AJ hududida o`rganish olib bordi.

O`rganish yakunlariga ko`ra, korxona hududida 1 dona cho`l burguti tutqunlikda saqlanayotgani holati aniqlandi.

Ushbu holat Toshkent hayvonot bog`i mutaxassislari ko`magida bartaraf etilib, burgut hayvonot bog`iga olib ketildi.

Burgutni noqonuniy saqlaganlarga nisbatan esa "Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks"ning 90-moddasiga muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida ya`ni 4.950.000 so`m jarima qo`llanildi.

 

    Boshqa yangiliklar