AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Vetnam prezidenti Vo Van Txiong bilan uchrashdi

'Shavkat Mirziyoev Vetnam prezidenti Vo Van Txiong bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 17 oktyabr kuni Xitoyga amaliy tashrif doirasida Vetnam Sosialistik Respublikasi Prezidenti Vo Van Txiong bilan uchrashdi.

Ikki mamlakat o`rtasida, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

Ta`kidlash joizki, Vetnam O`zbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi muhim an`anaviy hamkoridir. Keyingi yillarda turli darajalardagi muloqotlar faollashdi, o`zaro savdo hajmi va qo`shma korxonalar soni oshib bormoqda. Qishloq xo`jaligi va baliqchilik sohalarida loyihalar amalga oshirilmoqda.

Etakchi kompaniyalarimiz neft-gaz majmuasida, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, to`qimachilik, poyabzal, mebelsozlik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan maxsus iqtisodiy zonalar va industrial parklar doirasida kooperasiya qilishlari uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Shuningdek, O`zbekiston va Vetnam etakchilari madaniyat, ta`lim va turizm sohalarida almashinuvni rivojlantirish muhim ekanini ta`kidladilar.

    Boshqa yangiliklar