AsosiyJamiyat

Doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaydi

'Doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaydi'ning rasmi

O`zbekistonda 2024 yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi xabar berdi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig`i bilan 2024 yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari 10 noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30 noyabrga qadar uzaytirildi.

Ilmiy tadqiqot bilan shug`ullanuvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qo`shimcha tarzda joriy yilning 21-22 oktyabr kunlari imtihon o`tkaziladi.

“2024 yil uchun oliy ta`limdan keyingi ta`limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10 noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 30 noyabrga qadar uzaytirilganligini ma`lum qilamiz”, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar