AsosiyJamiyat

O`zbekistonda niqoblangan operasiyalarni o`tkazish tartibiga oid qonun loyihasi ma`qullandi

'O`zbekistonda niqoblangan operasiyalarni o`tkazish tartibiga oid qonun loyihasi ma`qullandi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o`qishda ko`rib chiqildi. 

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan “Tezkor-qidiruv faoliyati to`g`risida”gi qonuniga ma`lumotlarni to`plash, tezkor kiritish, niqoblangan operasiya kabi tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish tartibini aniqlashtirishni, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy asoslarini mustahkamlashni, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo`llagan holda, shu jumladan, kibermakonda va (yoki) uning imkoniyatlaridan foydalangan holda o`tkazilishi mumkin ekanini belgilashni nazarda tutuvchi qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritilmoqda.

Deputatlarning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat tartibini saqlashni va fuqarolar xavfsizligini yanada ishonchli ta`minlashga, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo`yicha tadbirlar samaradorligini oshirishga ko`maklashadi.

“Qizg`in bahs-munozaralar, savol-javoblar va uzoq tortishuvlardan so`ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar