AsosiyJamiyat

"Flynas" aviakompaniyasi Namanganga birinchi reysni amalga oshirdi

'"Flynas" aviakompaniyasi Namanganga birinchi reysni amalga oshirdi'ning rasmi

Joriy yilning 16 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:50 da Flynas aviakompaniyasi borti Jidda-Namangan-Jidda yo`nalishi bo`yicha ilk parvozni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Namangan xalqaro aeroportiga qo`ndi. An`anaga ko`ra, samolyot karnaya va surnay sadolari ostida suv arkasi bilan kutib olindi.

Uchish terminalida aeroport rahbariyati va aviakompaniya vakillari Jiddaga uchayotgan ilk 166 nafar yo`lovchini tantanali ravishda kuzatishdi.

Muntazam reyslar shinam AirbusA320 samolyotlarida haftasiga uch marta dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Flynas — Qirol Xolid xalqaro aeroportida joylashgan Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi. Flynas besh yil ketma-ket "World Travel Awards" va uch yil ketma-ket "Skytrax" tomonidan Yaqin Sharqdagi etakchi arzon aviakompaniya sifatida tan olingan. 
Joriy yilning mart oyidan boshlab kompaniya Jidda-Toshkent-Jidda yo`nalishi bo`yicha muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar