AsosiyDunyo

Isroil HAMAS bilan mojaroni to`xtatishi mumkin. Faqat…

'Isroil HAMAS bilan mojaroni to`xtatishi mumkin. Faqat…'ning rasmi

Agar jangchilar qurollarini tashlab, garovga olinganlarni qo`yib yuborsa hamda taslim bo`lsa, Isroil va HAMAS o`rtasidagi to`qnashuv ortiqcha qon to`kishlarsiz tugashi mumkin. Bu haqda  Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan Xavfsizlik kengashining G`azo sektori va Isroildagi vaziyat bo`yicha rezolyusiya yig`ilishida aytib o`tdi.

“Isroilning vazifasi garovga olinganlarni, kelajagimizni, G`azo xalqini qutqarishdir. Bu qutqaruv missiyasi. Bu missiya juda tez bajarilishi mumkin. Agar HAMAS qurolini tashlab, garovga olinganlarni ozod qilsa va taslim bo`lsa, bu urush o`q uzmasdan tugashi mumkin. Nega HAMASni bunga chaqirmaysiz, nega bu rezolyusiyaning bir qismi emas?” deydi Erdan.

Diplomat hozirgi mojaroni BMT uchun burilish nuqtasi deb atagan. Uning ta`kidlashicha, xalqaro hamjamiyat G`azo sektoriga milliardlab dollar jo`natgan, ammo buning hammasi HAMASga ketgan.

    Boshqa yangiliklar