Ijtimoiy tarmoqda Toshkent shahar Olmazor tumani prokraturasida Milliy gvardiya xodimi o`zini otib, joniga qasd qilgani haqida xabar tarqaldi.
“darakchi.uz” holatga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov bilan bog`landi.
Ma`lum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.






