AsosiyJamiyat

Yangiyo`lda soliq inspeksiyasi xodimlari pora bilan qo`lga olindi (video)

'Yangiyo`lda soliq inspeksiyasi xodimlari pora bilan qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Toshkent viloyati Yangiyo`l tuman Soliq inspeksiyasi katta inspektori hamda Yangiyo`l shahar Soliq inspeksiyasi sho``ba boshlig`i o`zaro til biriktirib, tadbirkorlik sub`ekti faoliyatida aniqlangan soliq qarzdorligini uning foydasiga hal qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, Yangiyo`l tuman Soliq inspeksiyasi katta inspektori so`ralgan pul mablag`idan 4500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar