Prezident tashabbusi bilan og`ir ahvoldagi bolalarni davolashga ko`maklashish maqsadida Bolalarni qo`llab-quvvatlash Jamoat fondi tashkil qilingani, biroq Oliy Majlisga murojaatnomasida bildirilgan ushbu tashabbusga ko`ra, har yili bu fondga 100 mlrd so`m mablag` ajratib, keyinchalik buni oshirish ko`zda tutilgani, biroq o`sha va`da qilingan pullar Fondga to`liq berilmagani haqida gapirdi.
"Fondning muassislari bo`lgan parlament palatalari va Vazirlar Mahkamasi esa bunga parvo ham qilmayapti. Chunki ularning farzandlari qishloqdagi qo`li kalta oila kabi og`ir dardga chalinmagan bo`lsa kerak.
Alam qiladigani va afsuslisi bugun Fonddan ko`mak kutgan minglab oilalarning umidlari puchga chiqib, farzandlari imkonsizlikdan o`lmoqda.
Farzand dog`i nimaligini tushunmaydiganlar esa Prezident tashabbusini rasvo qilish va odamlar ishonchini yo`qotishda davom etmoqda", deydi Kusherbaev.
Kusherbaevning so`zlariga ko`ra, parlamentdan umid yo`q. Chunki moliya Hukumatni qo`lida. Bu ishdan keyin monopolist va nomi yashirin kompaniyalarga milliardlab imtiyozlar berish haqida yopiq qarorlar tayyorlab o`tkazadigan, kasal bolalarni esa rizqini qiyadigan hukumatning hech bo`lmasa Moliya vaziri o`rnini bo`shatib qo`ysa ham bo`laveradi.
"Umid qilamizki, hurmatli Prezidentni bu ishlardan xabardor qiladigan biror mard odam topilsa kerak",deydi vazir maslahatchisi.






