AsosiyDunyo

AQSh Isroilga 2 ming nafar tanlangan harbiylarni yuboradi

'AQSh Isroilga 2 ming nafar tanlangan harbiylarni yuboradi'ning rasmi

Amerika Qo`shma Shtatlari Isroilga yuborish uchun 2 ming harbiyni tanlab oldi. Bu haqda The Wall Street Journal Pentagon vakillariga tayanib xabar berdi.

Oq uyning Falastin-Isroil mojaro zonasiga qo`shin yuborish rejasi yo`qligi haqidagi bayonotlari fonida Qo`shma Shtatlar Isroilga potensial joylashtiriladigan askarlarni tayyorlamoqda, deb yozadi nashr.

Nashr manbalariga ko`ra, harbiylarning vazifalari maslahat berish va tibbiy yordam ko`rsatish bo`ladi. Ular jangovar harakatlarda qatnashish uchun mo`ljallanmagan, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar