AsosiyDunyo

Rossiya Yaponiyadan baliq va dengiz mahsulotlari importini chekladi

'Rossiya Yaponiyadan baliq va dengiz mahsulotlari importini chekladi'ning rasmi

Rossiya Xitoyning cheklov choralariga qo`shildi va Yaponiyadan baliq mahsulotlarini etkazib berishga vaqtinchalik cheklovlar kiritdi. Bu haqda Rosselxoznadzor matbuot xizmati xabar berdi. 

“Ehtiyot chorasi sifatida 2023 yil 16 oktyabrdan boshlab Rosselxoznadzor Xitoyning Yaponiyadan baliq va dengiz mahsulotlari importiga vaqtinchalik cheklov choralariga qo`shiladi”, — deyiladi agentlik xabarida.

Rosselxoznadzor ma`lumotlariga ko`ra, cheklov choralari Yaponiya tomoni "suv mahsulotlari xavfsizligini tasdiqlash uchun zarur bo`lgan keng qamrovli ma`lumotni" taqdim etmaguncha kuchda qoladi.

    Boshqa yangiliklar