AsosiyDunyo

42 yoshli amerikalik ayol o`ziga turmushga chiqdi

'42 yoshli amerikalik ayol o`ziga turmushga chiqdi'ning rasmi

Har doim chiroyli to`yni orzu qilgan AQShda yashovchi 42 yoshli Sara Uilkinson o`zi uchun nikoh marosimini o`tkazdi. Bu haqda "The Sun" nashriga tayanib Zamon.uz yozmoqda. 

"Men bolaligimdan turmush qurishni orzu qilgan ayollardanman. Kichkinaligimda kelin rolini o`ynashni, pardalardan libos tikib, boshimga plastik toj kiyib yurishni yoqtirardim. Men egizak o`g`il yoki uch egizak qiz farzandli bo`laman va erim bilan oppoq go`zal uyda yashaymiz deb orzu qilardim”, - dedi Uilkinson.

Ayolning hayotidagi yagona uzoq muddatli munosabat 28 yoshida boshlangan va to`rt yil davom etgan. Shundan so`ng, ayol o`ziga turmush o`rtoq qidirishni to`xtatmadi, lekin o`shandan beri u munosib odamni uchratmadi. Sara endi vaqtni behuda o`tkazmoqchi emasligini tushunib, o`ziga turmushga chiqishga qaror qildi.

Nikoh uchun ayol brilliant uzuk sotib oldi va do`stlari uchun ziyofat uyushtirdi. Marosim 80 nafar mehmon ishtirokida bo`lib o`tdi, unda Uilkinson o`zini sevishga va o`zini asrashga qasamyod qildi. G`ayrioddiy bayramning narxi 12 ming dollarga tushgan.

    Boshqa yangiliklar