Tahlillarga ko`ra, shahar hokimligi va tegishli xizmatlarning ruxsatisiz, yo`llar bo`ylab qurilgan binolar aholi uchun xavf tug`diradi, ya`ni ularda avtoturargoh va to`xtash yo`li yo`q, bu esa haydovchining bir daqiqalik xaridi orqasidan boshqa haydovchilar va piyodalar uchun sezilarli noqulaylik va xavfga sabab bo`ladi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Toshkentda tegishli tahlillar o`tkazilib, ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan noqonuniy bino va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlandi. Shu bilan birga, ushbu binolardan foydalangan tadbirkorlarga qonuniy asosda o`z faoliyatini davom ettirish uchun sharoit yaratiladi.
O`z navbatida, hokimlik Toshkent shahri hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo`lgan poytaxt aholisini hujjatlarning shaharsozlik me`yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga chaqirgan.
Shuningdek, ushbu turdagi mulkni sotib olayotganda ehtiyot bo`lishingizni va yuridik xizmat kompaniyalari bilan maslahatlashish ham so`ralgan. Toshkent shahar kadastr xizmatlari tomonidan beriladigan hujjatlardan tashqari, bino va inshootlar uchun hujjatlarning muqobil turlari mavjud emas.
“Potensial xaridning barcha tafsilotlarini aniqlashtirish uchun vakolatli organlarga shaxsan yoki onlayn davlat xizmatlari orqali murojaat qiling”, deyiladi xabarda.






