Surxondaryo viloyatida shifokor va o`qituvchilarga uy sovg`a qilinadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida ko`p yillik mehnati bilan yosh avlodni voyaga etkazish, aholi salomatligini ta`minlashga o`z xissasini qo`shayotgan eng ilg`or o`qituvchi va shifokorlar uchun uy-joylar qurilishiga start berildi. Turar joylar 2024 yil mart oyida foydalanishga topshiriladi.
Samarqandlik tadbirkor ustozlar bayramida o`z o`qituvchisiga ikki xonali uy sovg`a qilgandi. Maktabgacha va maktab ta`limi vaziri Hilola Umarova ushbu videoni Telegram kanaliga joylab, bundan juda xursand bo`lganini bildirgan.
“Ustozlarni e`zozlash an`anaga aylanayotgani rost bo`lsin! O`z o`rnida, biz ham saxovatli yurtdoshimizga minnatdorlik bildirishni niyat qildik”, — deb yozadi vazir.
Videoda o`qituvchi “Ustoz oldida o`quvchisining mana bunday ishlari juda ham katta baxt”, — deya hayajonini yashira olmagan.






