Parijda Luvr muzeyi teraktlar ehtimoli borligi sababli xavfsizlik nuqtai nazaridan yopilishi ma`lum qilindi, deb xabar berdi Fransiya OAVlari.
"Biz tashrif buyuruvchilarni evakuasiya qilishni va kerakli tekshiruvlarni o`tkazish uchun yopildik", deb tushuntirdi muzey vakili.
Uning aniqlik kiritishicha, “Luvr muzey va uning tashrif buyuruvchilari uchun xavf haqida yozma xabar olgan”, shuning uchun istisno tariqasida muzey kunning yarmida yopildi.
13 oktyabrdan boshlab, Arras liseyida sodir etilgan teraktdan so`ng Fransiyada ogohlik holati – Vigipiratning terrorizmga qarshi tayyorgarlik rejasining eng yuqori darajasi bo`lgan. Bir kun avval Arras shahridagi lisey o`qituvchisi jinoyat oldidan “Ollohu akbar” deb baqirgan erkakning pichoq bilan hujumi oqibatida halok bo`lgan va bir necha kishi jarohatlangan edi.






