AsosiyJamiyat

Koreya bojxona xizmati O`zbekistondan it sotib oldi

'Koreya bojxona xizmati O`zbekistondan it sotib oldi'ning rasmi

Joriy yilning yozida Koreya bojxona xizmati O`zbekiston Bojxona qo`mitasining Milliy kinologiya markazidan 3 bosh "labrador" zotli xizmat itlarini xarid qilgan. Bu haqda Qo`mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2022 yilda Bojxona qo`mitasi raisi A.Mavlonov boshchiligidagi delegasiya Koreyada bo`lib, ushbu davlatning bojxona xizmati rahbarlari bilan kinologiya sohasidagi hamkorlikni yo`lga qo`yish bo`yicha hamkorlik o`rnatgan.

Yuqoridagi 3 ta it mazkur hamkorlik doirasida etkazib berilgani boisdan ularning narxi ochiqlanmasligi ko`zda tutilgan.

Koreya bojxonasida O`zbekistonda o`rgatilgan xizmat itlaridan foydalanish tarixda ilk bor amalga oshirilmoqda. Milliy kinologiya markazida tayyorlangan xizmat itlarini kelgusida boshqa xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilish rejalashtirilgan.  

    Boshqa yangiliklar