AsosiyJamiyat

ADUda qariyb 40 mlrd so`m talon-toroj qilingani aniqlandi

'ADUda qariyb 40 mlrd so`m talon-toroj qilingani aniqlandi'ning rasmi

Andijon davlat universitetida 39,3 mlrd so`m naqd pul mablag`lari talon-toroj qilingan. Bu haqda Hisob palatasi axborot xizmati xabar berdi.

Xususan:

  • kontrakt mablag`lari hisobidan stipendiyasiz shaklda tahsil olgan 8 761 nafar talabaga 25,1 mlrd so`m ortiqcha stipendiya hisoblanib, to`lov qaydnomalari soxtalashtirilgan;
  • talabalar tomonidan to`langan 9,3 mlrd so`m to`lov-kontrakt summalari universitet hisob raqamiga kirim qilinmagan;
  • talabalarga hisoblangan 2,7 mlrd so`m rag`batlantirish mablag`lari tarqatilmasdan, ularning imzolari soxtalashtirilgan;
  • byudjet mablag`lari hisobidan 2 226 nafar talabaga bitta davr uchun ikki martadan 1,1 mlrd so`m ortiqcha hisoblangan stipendiya o`zlashtirilgan;
  • talabalar yotoqxona ijarasidan tushgan 911,8 mln so`mlik naqd pullar universitet hisobraqamiga kirim qilinmasdan noqonuniy o`zlashtirilgan.

Bundan tashqari, davlat xaridlari to`g`risidagi qonunchilik talablariga zid ravishda universitetga xizmat uyi xarid qilish uchun jismoniy shaxs bilan 2,5 mlrd so`mlik to`g`ridan to`g`ri shartnoma tuzilib, shundan 300 mln so`mi noto`g`ri o`tkazilgan.

Aniqlangan noqonuniy o`zlashtirilgan mablag`lardan 5,1 mlrd so`mi undirilishi ta`minlangan. Tekshirish yakuni bilan rasmiylashtirilgan hujjatlar to`plami huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar