AsosiyDunyo

G`azoda 7 nafar OAV xodimi halok bo`ldi

'G`azoda 7 nafar OAV xodimi halok bo`ldi'ning rasmi

Isroilning qamaldagi G`azo sektoriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida qurbon bo`lgan ommaviy axborot vositalari xodimlari soni etti nafarga etdi. Bu haqda G`azo hukumati matbuot xizmati xabar bergan.

Isroilning 7 oktyabrdan buyon uyushtirgan hujumi natijasida 7 nafar OAV xodimi hayotdan ko`z yumdi, 10 nafari jarohatlandi. Yana ikki jurnalistning taqdiri noma`lum, deydi rasmiylar.

Qayd etilishicha, Isroil tomonidan G`azo o`qqa tutilishi chog`ida 40 ta OAV idorasi vayron qilingan.

G`azo sog`liqni saqlash tizimi mas`ullari seshanba kuni Isroil hujumi tufayli halok bo`lgan falastinliklar 770, yaradorlar qariyb 4000 nafarga etganini ma`lum qildi.

Isroil Sog`liqni saqlash vazirligi ma`lumotiga ko`ra, so`nggi hujumlarda mamlakat fuqarolaridan kamida 900 kishi halok bo`lgan, 2600 dan ziyod odam jarohatlangan.

    Boshqa yangiliklar