AsosiyJamiyat

Antimonopoliya qo`mitasi Yandex.Go O`zbekistonda soliq rezidenti sifatida ro`yxatdan o`tmaganiga izoh berdi

'Antimonopoliya qo`mitasi Yandex.Go O`zbekistonda soliq rezidenti sifatida ro`yxatdan o`tmaganiga izoh berdi'ning rasmi

Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo`mitasi Yandex.Go'ning O`zbekistonda soliq rezidenti sifatida ro`yxatdan o`tmaganiga izoh berdi.

“Teng raqobatni ta`minlash nuqtai nazaridan xo`jalik yurituvchi subektlarning O`zbekiston hududida soliq rezidenti sifatida ro`yxatdan o`tmagani ularning bozordagi ustun mavqeini aniqlashga ta`sir etmaydi”, — deyiladi bayonotda.

Hozirda ushbu sohadagi tegishli normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etish jarayonida ekani aytilgan. Jumladan, qo`mita tomonidan raqamli platformalarga nisbatan ustun mavqeni suiiste`mol qilishga yo`l qo`ymaslik va uni nazorat qilishning aniq mexanizmlarini nazarda tutuvchi “Raqamli platforma operatorining ustun mavqei va ustun muzokara kuchini e`tirof etish hamda raqobatning cheklanishiga olib keladigan harakatlarni aniqlash tartibi to`g`risida”gi nizom loyihasi ishlab chiqilgan. Hozirda vazirlik va idoralar bilan kelishuv jarayonida.

Shuningdek, raqamli platforma bo`lgan agregatorlar tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar bozorining tahliliy ishlari yakunlangan va yaqin kunlarda uning natijalari e`lon qilinishi aytilgan.

    Boshqa yangiliklar