AsosiyJamiyat

Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi aytildi

'Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi aytildi'ning rasmi

Sinoptiklar 26-28 iyun kunlari kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 iyunda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +30...+35 daraja; 27 iyunda kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +33...+38 daraja; 27 iyunda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi,. Harorat 26 iyunda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +31...+36 daraja; 27 iyunda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja; 27 iyunda kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo`ladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 iyunda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +31...+36 daraja; 27-28 iyunda kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, 26 iyunda kechasi va ertalab ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 27-28 iyunda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 iyunda kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +31...+36 daraja; 27-28 iyunda kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari. Havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, 26 iyunda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. 27-28 iyunda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +11...+16 daraja, kunduzi 26 iyunda +20...+25 daraja, 27-28 iyunda +22...+27 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar