AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Mayamidagi federal sud binosida hibsga olindi va maxfiy hujjatlar bilan noto`g`ri ishlashda ayblanib, sudga tortildi. Bu haqda Zamon.uz yozmoqda.
Bu sudya tomonidan ayblov e`lon qilinishidan oldingi rasmiy jarayon, shuning uchun sobiq prezidentning qo`liga kishan solinmagan, deya ta`kidlagan telekanal.
O`z aybiga iqror bo`lish Trampga prokuratura bilan kelishuvga erishish va engilroq jazoga tortilish imkonini berar edi. Biroq u Mayami sudida maxfiy hujjatlar bilan noto`g`ri ishlashda aybdor emasligini aytgan.
Tramp o`z aybiga iqror bo`lmagani uchun ish qaytadan ko`rib chiqiladigan bo`ldi.
Florida janubiy okrugi sudining elektron ma`lumotlar bazasiga joylashtirilgan ayblov xulosasiga ko`ra, AQSh huquq-tartibot idoralari Tramp va uning yordamchisi Uolt Nautaga 38 Ta band bo`yicha ayblov qo`ygan.
Eslatib o`tamiz, AQShning sobiq prezidenti joriy yilning 4 aprel kunida ham hibsga olingan edi.






