AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istonda Labo va Lacetti to`qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)

'Qoraqalpog`istonda Labo va Lacetti to`qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo`ldi (video)'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV xabariga ko`ra, kecha 12 iyun kuni soat 14:30 atrofida "Nukus – Chimboy – Taxtako`pir" 4R-176 avtomobil yo`lining 43 va 44-kilometrlari oralig`ida o`lim bilan bog`liq YTH sodir bo`ldi.

Fuqaro R.T. boshqaruvidagi Labo avtomashinasi hamda qarama-qarshi yo`lakda harakatlanib kelayotgan fuqaro B.M. boshqaruvidagi Lacetti avtomashinasi to`qnashib ketgan.

To`qnashuv natijasida Labo haydovchisi va Lacetti yo`lovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Lacetti haydovchisi va voyaga etmagan yo`lovchisi Kegeyli tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi "a" bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o`limiga sabab bo`lsa) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar