AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva ko`zi ojiz bolalar maktabidagi musobaqada ishtirok etdi

'Saida Mirziyoeva ko`zi ojiz bolalar maktabidagi musobaqada ishtirok etdi'ning rasmi

Saida Mirziyoeva Angor tumanidagi ko`zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan “Nurli maskan” maktab-internatida o`tkazilgan musobaqada qatnashdi.

Bu erda Angor va Sho`rchi tumanlaridagi ko`zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablarning 8-11-sinf o`quvchilari o`rtasida musobaqalar bo`lib o`tdi. 

“Har safar shu kabi maktab-internatlar o`quvchilari bilan uchrashganimda bu bolalarning matonati, shijoati, hayotga muhabbati meni hayratga soladi. Bu o`g`il-qizlar – fidoyilik namunasi, qiyin vaziyatda taslim bo`lmasliklari bilan boshqalarga o`rnak va ularning har biri, shubhasiz, hurmatga loyiqdir. 

Breyn-ring ishtirokchilari orasida “Ko`ngil ko`zi” xayriya loyihasi doirasida ko`ziga jarrohlik amaliyoti o`tkazilgan va natijada ko`rish qobiliyati yaxshilangan bolalar ham bor ekan. Ularning uchrashuvdan, o`yin zavqidan porlayotgan ko`zlarini ko`rib, birga quvondim.

Ana shunday jiddiy, keng ko`lamli va kerakli loyihani amalga oshirishni uddalaganimizdan qalbim quvonchga to`ldi”, — deydi Saida Mirziyoeva.


 

    Boshqa yangiliklar