Xitoyning Uyg`ur avtonom okrugi Sinszyandagi qariyalar uylardan birida 114 yoshli ayol va 71 yoshli erkak turmush qurishdi. Bu haqda The Mirror xabar berdi.
Erkak bo`lg`usi turmush o`rtog`ini bir ko`rishda sevib qolganini tan oldi. 50 yil oldin temiryo`l halokati oqibatida jiddiy zarar ko`rgan pensionerning so`zlariga ko`ra, uning sevgilisi u qariyalar uyiga tushganida birinchilardan bo`lib unga g`amxo`rlik qila boshlagan.
Biroq erkak ayolni rozi qilishi uchun bir yildan ortiq vaqt ketdi. Ayol taklifga rozi bo`lishi uchun uzoq vaqt talab etildi.
Keksalarning to`yida o`nlab tengdoshlari va qariyalar uyi xodimlari qatnashdi.





