Zarur masalliqlar: 300 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, 150 gramddan qattiq pishloq, uzum va yong`oq, 3 dona qaynatilgan tuxum, mayonez, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tovuq go`shtini somoncha shaklida maydalab to`g`rang-da, stakanga soling. Ustidan ozgina mayonez solasiz.
2. Tuxumni ham maydalab to`g`rab, salat ustiga solib, yana mayonezdan «panjara» torting. Yong`oq mag`zini quruq tovada qovurib olib, maydalab salat ustidan sepasiz.
3. Qattiq pishloqni qirg`ichdan o`tkazib, qo`shing. Salat yuzini uzum donalari bilan bezab, idishi bilan yarim soatga muzlatkichga qo`ying.
Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa
3 kishilik





