Toshkent shahar hokimining 2015 yil 18 fevralda “Toshkent shahrida internet tarmoqlari va kompyuter orqali xizmat ko`rsatuvchi xo`jalik subektlarining faoliyatini muvofiqlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 146-son qarori chiqqan edi.
Ushbu qarorga ko`ra, mazkur yo`nalishda faoliyat olib boruvchi internet kafe va kompyuter klublari kechasi soat 21:00gacha ish olib borishi belgilangan. Afsuski, ushbu qarorning bajarilishi o`rganilganda, uning talablarini hali-hamon buzib kelayotgan xo`jalik yurituvchi sub`ektlar borligi aniqlanmoqda, deb yozadi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.
Xususan, tumanlarda tashkil etilgan ishchi guruhlari tomonidan 2016 yil 3-6 oktyabr kunlari shahardagi 63 ta“internet kafe” va “kompyuter klub” faoliyati o`rganilganda:
• Mirobod tumani Fitrat ko`chasi, 28-uyda joylashgan «ZOIR-SIDDIQ BIZNES PLYUS» MChJgaqarashli “Shicago” kompyuter o`yingohi 3 oktyabr kuni soat 23:00 da va Mirobod ko`chasi, 27/9-uy, 1,2,3-xonadonlarida joylashgan “ART INTER TRAYD” MChJga qarashli “PRAYM TIME PLAYSTATION” kompyuter o`yingohi 5 oktyabr kuni soat 21:20 da;
• Yunusobod tumani 14-mavzeda joylashgan « PLAYSTATION -3» kompyuter o`yingohi 3 oktyabr kuni soat 23:00 da va 11-mavzeda joylashgan “GAME CLUB” kompyuter o`yingohi 3 oktyabr kuni soat 23:30 da;
• Yashnobod tumani Usmon Nosir ko`chasi, 13-uyning erto`la qismida joylashgan«PLAYSTATION» kompyuter o`yingohi 6 oktyabr kuni soat 23:10 da (7 nafar fuqaroga xizmat ko`rsatayotganligi);
• Yakkasaroy tumani Bratislava ko`chasi, 2-uyda joylashgan “VOLCANO GAME” MChJgaqarashli “ADRENALIN NET” kompyuter o`yingohi 6 oktyabr kuni soat 22:30 da (17-18 nafar fuqaroga xizmat ko`rsatayotganligi);
• Shayxontohur tumani Labzak ko`chasida joylashgan “RESPECT” kompyuter o`yingohi 5 oktyabr kuni soat 22:30 da faoliyat yuritayotganligi aniqlandi.
Tungi soat 21:00 dan keyin faoliyat yuritganligi aniqlangan ushbu xo`jalik sub`ektlariga nisbatan ma`muriy ish hujjatlari rasmiylashtirildi va jinoyat ishlari bo`yicha tegishli sudlarga yuborildi.
Ushbu yo`nalishda tungi reydlar davom ettiriladi.





