“Golos” loyihasining yangi mavsumi avj pallada. Undagi sovg`alar nafaqat tomoshabinlarni, balki shouda ustoz sifatida ishtirok etayotganlarni ham hayratga solishda davom etmoqda. Ko`rmasdan tinglash jarayoniga Grigoriy Lepsning qizi keldi!
Lepsning qizining chiqishi uni qoniqtirmadi. 31 yoshli Inga ingliz tilida lirik tarona ijro etdi, biroq hakamlardan hech biri uni tanlamadi.
“Otam meni tanimaydi, u mening kuylashimni bor yo`g`i bir marta eshitgan, va bunga ham ancha bo`lgan”, — deydi ishtirokidan oldin Inga. Biroq u adashdi: Leps birinchi notadanoq qizining vokalini tanidi. Leps ijrodan qoniqmayotganini boshidan ohirigacha ko`rsatib turdi, boshqalar ham bu ijrodan ko`ngli to`lmadi.
Shunga qaramay Leps qizining ko`nglini ko`tardi va unga kelajakka ishonch tuyg`ularini bahsh etdi: “Yana bir yil ishlashing kerak, hozircha saxnaga chiqishing uchun erta”.
Eslatib o`tamiz, yangi mavsum murabbiylarining ismi avgust ohirida ma`lum bo`ladi.





